
Malaka tekshirish provayderi
“G-Test” Mas’uliyati Cheklangan Jamiyati ilmiy-tadqiqot markazi o‘z faoliyatini kengaytirish doirasida yangi yo‘nalish bo‘yicha muhim bosqichga erishganini ma’lum qiladi. Tashkilotimizga O‘zMSt ISO/IEC 17043:2025 (ISO/IEC 17043:2023, IDT) Muvofiqlikni baholash - Malaka sinovi provayderlarining malakasiga qo‘yiladigan umumiy talablar xalqaro standarti talablari asosida malaka tekshirish (Proficiency Testing – PT) provayderi sifatida faoliyat yuritish bo‘yicha vakolat berildi.
Mazkur vakolat sinov laboratoriyalarining texnik kompetentligini baholash, ularning natijalar ishonchliligini tahlil qilish hamda laboratoriyalararo solishtirma sinovlarni tashkil etish imkonini beradi.
Xalqaro standart doirasidagi faoliyat
ISO/IEC 17043 standarti malaka tekshirish provayderlari faoliyatiga qo‘yiladigan umumiy talablarni belgilaydi hamda quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
- laboratoriya natijalarini taqqoslash;
- o‘lchash aniqligi va izchilligini baholash;
- statistik tahlil asosida samaradorlikni aniqlash;
- sifat menejment tizimini takomillashtirish.
“G-Test” ilmiy-tadqiqot markazi mazkur yo‘nalishda faoliyatni xalqaro talablar asosida, xolislik, maxfiylik va ilmiy asoslangan metodologiya tamoyillariga rioya qilgan holda amalga oshiradi.
Strategik ahamiyat
Ushbu yangi yo‘nalish respublika va mintaqadagi sinov laboratoriyalari uchun natijalar ishonchliligini mustahkamlash, texnik kompetentligini oshirish hamda xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Hamkorlikka taklif
“G-Test” ilmiy-tadqiqot markazi barcha sinov laboratoriyalarini malaka tekshirish dasturlarida ishtirok etishga taklif etadi. Hamkorlik orqali biz laboratoriya natijalarining sifatini oshirish, ularning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini mustahkamlash hamda texnik kompetentligini yanada rivojlantirishga xizmat qilamiz.
Batafsil ma’lumot olish va dasturlarda ishtirok etish uchun biz bilan bog‘lanishingiz mumkin.
- Telefon: 998 985 000 411
- Elektron pochta: gtest.pt@gmail.com
