G-TEST

Muvofiqlikni tasdiqlash sxemalari

Aniq sertifikatlashtirish sxemalari bir xil turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirishning tegishli qoidalari va bir xil turdagi mahsulotlarga qo'yiladigan talablarni o'z ichiga olgan boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Bunday holda, tekshiruvlar hajmi tufayli sxemaning murakkabligi ushbu mahsulotning xavflilik darajasiga bog'liq.Sertifikatlashtirish sxemasi har bir alohida holatda sertifikatlashtiruvchi organ tomonidan ariza beruvchining takliflari, yetkazib berish hajm va muddatlari, sinov usullari, ishlab chiqarish xususiyatlari va uning barqarorligi buzilish xavfi, shuningdek ushbu mahsulotning iste'molchilar uchun potentsial xavfi hisobga olingan holda tanlanadi.«BM-Sert» sertifikatlashtirish organi tasdiqlangan akkreditatsiya sohasiga muvofiq 3, 4 va 7-sxemalar bo'yicha sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshiradi.3-sxema - chiqariladigan mahsulotlarni sertifikatlashtirishda qo'llaniladi va ASLda mahsulotni majburiy sinovdan o'tkazish hamda ishlab chiqarishni baholashni nazarda tutadi. Ushbu sxema ishlab chiqaruvchidan olingan mahsulotni sinovdan o'tkazgan holda korxonada inspeksiya nazoratini amalga oshirishni ko'zda tutadi.4-sxema - chiqariladigan mahsulotlarni sertifikatlashtirishda qo'llaniladi va ishlab chiqarishni tekshirish uchun mahsulotning talablarga muvofiqligini majburiy tekshirish hamda ASLda sinovdan o'tkazishni nazarda tutadi. Ushbu sxema savdo (iste'molchi) va ishlab chiqarish sohasidan namunalarni sinovdan o'tkazish yo'li bilan mahsulot inspeksiya nazoratini amalga oshirishni ko'zda tutadi.7-sxema - mahsulot partiyasini sertifikatlashtirishda qo'llaniladi.

Asosiy qo'llaniladigan sertifikatlashtirish sxemalari:

Muvofiqlikni tasdiqlash sxemalari haqida batafsil ma'lumotni rasmiy havola orqali topishingizmumkin

Mahsulot muvofiqligini tasdiqlash sxemalari

Ariza qoldirish

Sertifikatlashtirishning asosiy yo'nalishlari va quyi bo'limlari: