Sinovlar
«G-TEST» MChJ laboratoriyasi ISO/IEC 17025 xalqaro standartining talablariga muvofiq akkreditatsiyadan o'tgan bo'lib, sifat menejmenti tizimi joriy etilgan va qo'llab-quvvatlab kelinmoqda. Laboratoriya olib borilayotgan tadqiqotlarning yuqori aniqligini ta'minlaydigan zamonaviy o'lchash va sinov vositalari bilan jihozlangan. Har bir reaktiv sinov natijasiga salbiy ta'sir ko'rsatmasligi uchun qo'llanilishidan oldin kirish nazoratidan o'tkaziladi.
Laboratoriyada analitik kimyo sohasida katta tajriba va bilimga ega bo'lgan yuqori malakali mutaxassislar faoliyat yuritadi. Mutaxassis muayyan turdagi sinovlarni o'tkazishga ruxsat etilishidan oldin diqqat bilan tanlab olinadi, tayyorlanadi, o'qitiladi va attestatsiyadan o'tkaziladi. Har bir mutaxassisning faoliyati monitoring o'tkazish yo'li bilan nazorat qilinadi. Shuningdek, o'tkazilayotgan sinovlar sifati laboratoriyalararo qiyofiy sinovlarda qatnashish orqali qo'llab-quvvatlanadi.
«G-TEST» MChJ sinov laboratoriyasi quyidagi mahsulotlarni sinovdan o'tkazadi:
- 1
Pestisidlar, herbitsidlar, fungitsidlar, insektitsidlar, insektoakaritsidlar, torf, karbamid, ammoniy sulfat, ammoniy azot kislota, kalsiy karbonat, texnik natriy nitrat, kalsiy azot kislota 4-suvli, suvdagi ammiak, ammoniy selitrasi, mochevina (jumladan, suvli eritmada), ammoniy nitrat (jumladan, suvli eritmada), ammoniy nitratning kalsiy karbonat yoki o'g'it bo'lmagan boshqa noorganik moddalar bilan aralashmalari, mikroelementlar qo'shilgan granullangan superfosfat, nitroammofoska, ammofos, diammoniyfosfat, mineral yoki kimyoviy o'g'itlar (fosforli, kaliyli), kaliy xlorid, kaliy sulfat, guminli o'g'itlar, organik sirt-faol moddalar, teri sanoati uchun sintetik yog' va boshqalar.
Sinov — bu bizning asosimiz
Ariza qoldirish