G-TEST

E'tirozlarni ko'rib chiqish

“G-TEST” MChJ qoshidagi “BM Sert” muvofiqlikni baholash organi O’z DSt ISO/PAS 17003 talablarini hisobga olgan holda, shikoyat va apellyatsiyalarni qabul qilish, baholash hamda ular bo'yicha qaror qabul qilish jarayonini hujjatlashtirgan. Sertifikatsiya organida shikoyat va apellyatsiyalarni ko'rib chiqish talablarini belgilovchi PSK OS-03:2022 “E'tirozlar, shikoyatlar va apellyatsiyalarni ko'rib chiqish” protsessual hujjati amal qiladi.

Ariza beruvchilarning e'tirozlari yoki shikoyatlariga quyidagilar sabab bo'lishi mumkin:

  • 1

    Mahsulotni xolis baholamaslik

  • 2

    Muvofiqlikni baholash ishlarini o'tkazishda me'yoriy hujjatlar talablariga rioya qilmaslik

  • 3

    Xodimlar malakasining yetishmasligi

  • 4

    Mahsulot muvofiqligini baholash ishlari natijalarini rasmiylashtirishdagi xatoliklar

Muvofiqlikni baholash xizmatini ko'rsatish vaqtida huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan xo'jalik subyekti sifatsiz bajarilgan ish yuzasidan e'tiroz bildirish huquqiga ega.

E'tiroz yoki shikoyat yozma shaklda taqdim etiladi. Hujjatda quyidagilar ko'rsatilishi shart:

  • 1

    E'tiroz bildirgan xo'jalik subyektining nomi

  • 2

    Taqdim etilgan sana

  • 3

    E'tiroz bildirish uchun asos bo'lgan holatlar

  • 4

    Bajarilgan ishlar yoki muvofiqlikni baholash xizmatlarining belgilangan talablarga nomuvofiqligini tasdiqlovchi dalillar (ishlarni qabul qilish dalolatnomasi, shartnoma nusxasi, e'tiroz summasi hisob-kitobi, ariza beruvchining to'lov va pochta rekvizitlari)

  • 5

    Ariza beruvchining talablari

  • 6

    Ilova qilinayotgan dalillovchi hujjatlar ro'yxati

Siz o'zingizga qulay bo'lgan istalgan vaqtda biz bilan bog'lanishingiz mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot