«G-TEST» MChJ moliyaviy shaffofligi
Moliyalashtirish manbalari
«G-TEST» MChJ o'z faoliyatini o'zini o'zi moliyalashtirish asosida, shartnomalar bo'yicha amalga oshiradi. Narxlar kalkulyatsiyasi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Jamiyat daromad manbalari quyidagi pullik xizmatlardan iborat:
Arizani tahlil qilish, namunani tanlab olish va identifikatsiya qilish, sinov dasturini tayyorlash;
Ishlab chiqarish sharoitlarini tekshirish, shu jumladan inspeksiya nazoratini o'tkazish;
Sinovlarni o'tkazish va sinov bayonnomasini tuzish;
Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish;
Xulosa va xatlarni berish;
Normativ-texnik hujjatlar va sinov uslublarini ishlab chiqish.
Olingan mablag'lar ish haqi, o'qitish, uskunalar xarid qilish va rivojlanishga yo'naltiriladi.
Biz bilan bog‘laning