«G-TEST» MChJ
Xolislik siyosati
«G-TEST» MChJ rahbariyati va xodimlari, jumladan «BM-Sert» mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi muvofiqlikni baholash faoliyatida xolislik muhimligini anglagan holda buni ommaga e'lon qiladilar.
Xolislikni ta'minlash bo'yicha kompaniya majburiyatlari:
Mahsulotlarning muvofiqligini tasdiqlash sohasidagi faoliyatni xolis amalga oshirish;
Muvofiqlikni tasdiqlash faoliyati xolisligi uchun javob berish va tijorat, moliyaviy yoki boshqa bosimlarga yo'l qo'ymaslik;
Xolislik uchun xavflarni muntazam aniqlash va ular aniqlanganda minimallashtirish;
Bir xil buyurtmachining aynan bitta ob'ektiga taalluqli muvofiqlikni baholash va konsalting xizmatlarini birgalikda taklif etmas yoki ko'rsatmaslik;
Konsalting provayderi va organ o'rtasidagi munosabatlar tahdid solsa, bunday buyurtmachilarga xizmat ko'rsatmaslik;
Kompaniya tuzilmasini xolislikni kafolatlaydigan va manfaatdor tomonlarni jalb etadigan tarzda boshqarish;
Barcha ichki va tashqi xodimlarning xolis harakat qilishini ta'minlaydigan korporativ siyosatni belgilash;
Konsalting xizmatlari ko'rsatilgan ob'ektga nisbatan muvofiqlikni tasdiqlash harakatlarini bajarishga shu shaxslarni jalb etmaslik.
Xolislik va mustaqillik eng muhimi!
Biz bilan bog‘laning